حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ الْوَرَكَانِيُّ، أَخْبَرَنَا إِبْرَاهِيمُ، - يَعْنِي ابْنَ سَعْدٍ - عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ، فِي خَبَرِ الْمُتَلاَعِنَيْنِ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " أَبْصِرُوهَا فَإِنْ جَاءَتْ بِهِ أَدْعَجَ الْعَيْنَيْنِ عَظِيمَ الأَلْيَتَيْنِ فَلاَ أُرَاهُ إِلاَّ قَدْ صَدَقَ وَإِنْ جَاءَتْ بِهِ أُحَيْمِرَ كَأَنَّهُ وَحَرَةٌ فَلاَ أُرَاهُ إِلاَّ كَاذِبًا " . قَالَ فَجَاءَتْ بِهِ عَلَى النَّعْتِ الْمَكْرُوهِ .
Sahl ibn Saʼd (roziyallohu anhu)dan liʼon qilgan er-xotin haqidagi xabarda rivoyat qilinishicha, u aytdi: Rasululloh ﷺ: «Uni kuzatib turinglar. Agar u koʻzlari qop-qora, dumbalari katta bola tugʻsa, men uni (Uvaymirni) faqat rost soʻzlagan deb bilaman. Agar u xuddi qizil dogʻli kaltakesakdek qizgʻish bola tugʻsa, men uni faqat yolgʻonchi deb bilaman», dedilar. (Roviy) aytadi: Soʻng u (ayol) yomon koʻrilgan sifatdagi bolani tugʻdi.