حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ عَمْرِو بْنِ السَّرْحِ، حَدَّثَنَا ابْنُ وَهْبٍ، عَنْ عِيَاضِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ الْفِهْرِيِّ، وَغَيْرِهِ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ، فِي هَذَا الْخَبَرِ قَالَ فَطَلَّقَهَا ثَلاَثَ تَطْلِيقَاتٍ عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَنْفَذَهُ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَكَانَ مَا صُنِعَ عِنْدَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم سُنَّةً . قَالَ سَهْلٌ حَضَرْتُ هَذَا عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَمَضَتِ السُّنَّةُ بَعْدُ فِي الْمُتَلاَعِنَيْنِ أَنْ يُفَرَّقَ بَيْنَهُمَا ثُمَّ لاَ يَجْتَمِعَانِ أَبَدًا .
Sahl ibn Saʼd (roziyallohu anhu)dan shu xabarda rivoyat qilinishicha, u aytdi: Soʻng u (Uvaymir) uni Rasululloh ﷺning huzurlarida uch taloq qildi. Rasululloh ﷺ buni joriy qildilar (amalga oshirdilar) va Nabiy ﷺning huzurlarida qilingan narsa sunnat boʻlib qoldi. Sahl aytadi: Men buni Rasululloh ﷺning huzurlarida hozir boʻlib koʻrdim. Keyinchalik liʼon qiluvchi er-xotin haqida ular orasi ajratilishi, soʻng ular hech qachon birlashmasliklari sunnat boʻlib oʻtdi.