حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ حَنْبَلٍ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ عُيَيْنَةَ، قَالَ سَمِعَ عَمْرٌو، سَعِيدَ بْنَ جُبَيْرٍ يَقُولُ سَمِعْتُ ابْنَ عُمَرَ، يَقُولُ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لِلْمُتَلاَعِنَيْنِ " حِسَابُكُمَا عَلَى اللَّهِ أَحَدُكُمَا كَاذِبٌ لاَ سَبِيلَ لَكَ عَلَيْهَا " . قَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ مَالِي . قَالَ " لاَ مَالَ لَكَ إِنْ كُنْتَ صَدَقْتَ عَلَيْهَا فَهُوَ بِمَا اسْتَحْلَلْتَ مِنْ فَرْجِهَا وَإِنْ كُنْتَ كَذَبْتَ عَلَيْهَا فَذَلِكَ أَبْعَدُ لَكَ " .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytadi: Rasululloh ﷺ liʼon qiluvchi er-xotinga: «Ikkovingizning hisobingiz Alloh zimmasida. Ikkovingizdan biringiz yolgʻonchidir. (Ey er,) sen uchun unga (qaytishga) hech qanday yoʻl yoʻq», dedilar. U: «Ey Rasululloh, mening molim (mahrim) nima boʻladi?» dedi. U zot: «Sen uchun mol (qaytarib olish) yoʻq. Agar uning haqida rost soʻzlagan boʻlsang, u (mol) uning farjini oʻzingga halol qilib olganing evaziga ketgan. Agar unga yolgʻon toʻnkagan boʻlsang, u (molni qaytarib olish) sen uchun yana ham uzoqroqdir», dedilar.