حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي خَلَفٍ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ سَعِيدٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم مِنْ بَنِي فَزَارَةَ فَقَالَ إِنَّ امْرَأَتِي جَاءَتْ بِوَلَدٍ أَسْوَدَ فَقَالَ " هَلْ لَكَ مِنْ إِبِلٍ " . قَالَ نَعَمْ . قَالَ " مَا أَلْوَانُهَا " . قَالَ حُمْرٌ قَالَ " فَهَلْ فِيهَا مِنْ أَوْرَقَ " . قَالَ إِنَّ فِيهَا لَوُرْقًا . قَالَ " فَأَنَّى تُرَاهُ " . قَالَ عَسَى أَنْ يَكُونَ نَزَعَهُ عِرْقٌ . قَالَ " وَهَذَا عَسَى أَنْ يَكُونَ نَزَعَهُ عِرْقٌ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u aytdi: Banu Fazora qabilasidan bir kishi Nabiy ﷺ huzurlariga kelib: «Xotinim qora bola tugʻib berdi», dedi. (Nabiy ﷺ): «Senda tuyalar bormi?» dedilar. U: «Ha», dedi. (Nabiy ﷺ): «Ularning rangi qanday?» dedilar. U: «Qizil», dedi. (Nabiy ﷺ): «Ularning orasida kulrang(boʻzrang)i bormi?» dedilar. U: «Albatta, ular orasida kulranglari bor», dedi. (Nabiy ﷺ): «Bunday boʻlishini qaydan deb oʻylaysan?» dedilar. U: «Boʻlishi mumkinki, uni bir tomir tortgandir», dedi. (Nabiy ﷺ): «Mana buni ham boʻlishi mumkinki, bir tomir tortgandir», dedilar.