حَدَّثَنَا مَحْمُودُ بْنُ خَالِدٍ السُّلَمِيُّ، حَدَّثَنَا الْوَلِيدُ، عَنْ أَبِي عَمْرٍو، - يَعْنِي الأَوْزَاعِيَّ - حَدَّثَنِي عَمْرُو بْنُ شُعَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو، أَنَّ امْرَأَةً، قَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ ابْنِي هَذَا كَانَ بَطْنِي لَهُ وِعَاءً وَثَدْيِي لَهُ سِقَاءً وَحِجْرِي لَهُ حِوَاءً وَإِنَّ أَبَاهُ طَلَّقَنِي وَأَرَادَ أَنْ يَنْتَزِعَهُ مِنِّي فَقَالَ لَهَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " أَنْتِ أَحَقُّ بِهِ مَا لَمْ تَنْكِحِي " . .
Amr ibn Shuʼayb otasidan, u esa bobosi Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qiladiki, bir ayol: «Ey Allohning Rasuli, mana shu oʻgʻlim uchun qornim idish, koʻkragim mesh, bagʻrim esa goʻsha boʻlgan edi. Endi uning otasi meni taloq qildi va uni mendan tortib olmoqchi boʻlyapti», dedi. Shunda Rasululloh ﷺ unga: «Sen turmushga chiqmaguningcha, unga haqliroqsan», dedilar.