حَدَّثَنَا عَبَّادُ بْنُ مُوسَى، أَنَّ إِسْمَاعِيلَ بْنَ جَعْفَرٍ، حَدَّثَهُمْ عَنْ إِسْرَائِيلَ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنْ هَانِئٍ، وَهُبَيْرَةَ، عَنْ عَلِيٍّ، قَالَ لَمَّا خَرَجْنَا مِنْ مَكَّةَ تَبِعَتْنَا بِنْتُ حَمْزَةَ تُنَادِي يَا عَمِّ يَا عَمِّ . فَتَنَاوَلَهَا عَلِيٌّ فَأَخَذَ بِيَدِهَا وَقَالَ دُونَكِ بِنْتَ عَمِّكِ . فَحَمَلَتْهَا فَقَصَّ الْخَبَرَ قَالَ وَقَالَ جَعْفَرٌ ابْنَةُ عَمِّي وَخَالَتُهَا تَحْتِي . فَقَضَى بِهَا النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم لِخَالَتِهَا وَقَالَ " الْخَالَةُ بِمَنْزِلَةِ الأُمِّ " .
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) aytadi: Biz Makkadan chiqqanimizda, Hamzaning qizi: «Ey amaki, ey amaki», deb chaqirib bizning ortimizdan ergashdi. Ali uni koʻtarib qoʻlidan ushladi va (Fotimaga qarab): «Mana amakingning qizini ol», dedi. U esa uni koʻtardi. (Roviy) xabarni soʻzlab berdi. (Ali) dedi: Jaʼfar: «U mening amakimning qizi, uning xolasi esa mening nikohimdadir», dedi. Shunda Nabiy ﷺ uni xolasiga hukm qildilar va: «Xola onaning oʻrnidadir», dedilar.