حَدَّثَنِي أَحْمَدُ بْنُ مُحَمَّدِ بْنِ ثَابِتٍ الْمَرْوَزِيُّ، حَدَّثَنِي عَلِيُّ بْنُ حُسَيْنٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ يَزِيدَ النَّحْوِيِّ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ { وَالْمُطَلَّقَاتُ يَتَرَبَّصْنَ بِأَنْفُسِهِنَّ ثَلاَثَةَ قُرُوءٍ } . وَقَالَ { وَاللاَّئِي يَئِسْنَ مِنَ الْمَحِيضِ مِنْ نِسَائِكُمْ إِنِ ارْتَبْتُمْ فَعِدَّتُهُنَّ ثَلاَثَةُ أَشْهُرٍ } فَنُسِخَ مِنْ ذَلِكَ وَقَالَ { وَإِنْ طَلَّقْتُمُوهُنَّ مِنْ قَبْلِ أَنْ تَمَسُّوهُنَّ } { فَمَا لَكُمْ عَلَيْهِنَّ مِنْ عِدَّةٍ تَعْتَدُّونَهَا } .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) {Taloq qilingan ayollar uch hayz (oʻtguncha) oʻzlarini kutib turadilar} (Baqara 228) oyatini oʻqidi. Yana: {Ayollaringizdan hayzdan umidini uzganlari, agar shubha qilsangiz, ularning iddasi uch oydir} (Taloq 4) oyatini oʻqidi va: «Bundan (avvalgi oyatning hukmidan baʼzisi) nasx qilindi», dedi. Soʻng: {Agar ularni teginishingizdan oldin taloq qilsangiz} {ular zimmasida siz uchun hisoblaydigan idda yoʻqdir} (Ahzob 49) oyatini oʻqidi.