حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ مُحَمَّدٍ الْمَرْوَزِيُّ، حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ مَسْعُودٍ، حَدَّثَنَا شِبْلٌ، عَنِ ابْنِ أَبِي نَجِيحٍ، قَالَ قَالَ عَطَاءٌ قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ نَسَخَتْ هَذِهِ الآيَةُ عِدَّتَهَا عِنْدَ أَهْلِهِ فَتَعْتَدُّ حَيْثُ شَاءَتْ وَهُوَ قَوْلُ اللَّهِ تَعَالَى { غَيْرَ إِخْرَاجٍ } قَالَ عَطَاءٌ إِنْ شَاءَتِ اعْتَدَّتْ عِنْدَ أَهْلِهِ وَسَكَنَتْ فِي وَصِيَّتِهَا وَإِنْ شَاءَتْ خَرَجَتْ لِقَوْلِ اللَّهِ تَعَالَى { فَإِنْ خَرَجْنَ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا فَعَلْنَ } قَالَ عَطَاءٌ ثُمَّ جَاءَ الْمِيرَاثُ فَنَسَخَ السُّكْنَى تَعْتَدُّ حَيْثُ شَاءَتْ .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) shunday dedi: «Bu oyat (ayolning) erining ahli oldida iddat oʻtkazishini bekor qildi, endi u xohlagan joyida iddat oʻtkazaveradi. Bu Allohu taoloning {(eridan) chiqarilmagan holda} degan soʻzidir». Atoʼ dedi: «Agar xohlasa, erining ahli oldida iddat oʻtkazadi va oʻziga vasiyat qilingan uyda yashaydi; agar xohlasa, chiqib ketadi — Allohu taoloning {Agar (ular) chiqib ketsalar, oʻzlari (oʻz haqlarida) qilgan ishlarda sizlarga gunoh yoʻq} degan soʻziga koʻra». Atoʼ dedi: «Soʻngra meros (oyati) keldi va (vojib) makonni bekor qildi: u xohlagan joyida iddat oʻtkazaveradi».