حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، وَخَلَفُ بْنُ هِشَامٍ الْمُقْرِئُ، قَالاَ حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ رِبْعِيِّ بْنِ حِرَاشٍ، عَنْ رَجُلٍ، مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ اخْتَلَفَ النَّاسُ فِي آخِرِ يَوْمٍ مِنْ رَمَضَانَ فَقَدِمَ أَعْرَابِيَّانِ فَشَهِدَا عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِاللَّهِ لأَهَلاَّ الْهِلاَلَ أَمْسِ عَشِيَّةً فَأَمَرَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم النَّاسَ أَنْ يُفْطِرُوا زَادَ خَلَفٌ فِي حَدِيثِهِ وَأَنْ يَغْدُوا إِلَى مُصَلاَّهُمْ .
Ribiy ibn Hirosh (rahimahulloh) Nabiy ﷺning sahobalaridan bir kishidan rivoyat qiladi: U aytdi: Odamlar Ramazonning oxirgi kunida (Shavvol oyini koʻrish haqida) ixtilof qildilar. Shunda ikki badaviy arab kelib, Rasululloh ﷺ huzurida Alloh nomi bilan: «Biz kecha shom payti oyni koʻrdik», deb guvohlik berdilar. Bas, Rasululloh ﷺ odamlarga iftor qilishni buyurdilar. Xalaf oʻz hadisida: «Va musallolariga (iydgohga) chiqishlarini (ham buyurdilar)», deb (qoʻshimcha) qildi.