حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ كَثِيرٍ، أَخْبَرَنَا سُفْيَانُ، عَنْ أَبِي حَصِينٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ إِذَا مَرِضَ الرَّجُلُ فِي رَمَضَانَ ثُمَّ مَاتَ وَلَمْ يَصُمْ أُطْعِمَ عَنْهُ وَلَمْ يَكُنْ عَلَيْهِ قَضَاءٌ وَإِنْ كَانَ عَلَيْهِ نَذْرٌ قَضَى عَنْهُ وَلِيُّهُ .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: «Agar kishi Ramazonda kasal boʻlib, soʻng roʻza tutolmay vafot etsa, uning oʻrniga (kambagʻalga) taom beriladi va uning zimmasiga qazo (roʻza) boʻlmaydi. Agar uning zimmasida nazr (qarzi) boʻlsa, valiysi (yaqin qarindoshi) uning oʻrniga (roʻzasini) ado qiladi».