حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا وُهَيْبٌ، حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ يَحْيَى، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، قَالَ نَهَى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَنْ صِيَامِ يَوْمَيْنِ يَوْمِ الْفِطْرِ وَيَوْمِ الأَضْحَى وَعَنْ لِبْسَتَيْنِ الصَّمَّاءِ وَأَنْ يَحْتَبِيَ الرَّجُلُ فِي الثَّوْبِ الْوَاحِدِ وَعَنِ الصَّلاَةِ فِي سَاعَتَيْنِ بَعْدَ الصُّبْحِ وَبَعْدَ الْعَصْرِ .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ikki kunda — Ramazon hayiti kunida va Qurbon hayiti kunida — roʻza tutishdan, ikki xil kiyinishdan — sammaʼdan (yaʼni butun badanni bitta matoga oʻrab, qoʻlni chiqaradigan joy qoldirmaslikdan) va kishining bitta kiyim ichida (avratini ochib qoladigan tarzda) tizzalarini qoʻllari bilan quchoqlab oʻtirishidan, hamda ikki vaqtda — bomdoddan keyin va asrdan keyin — namoz oʻqishdan qaytardilar.