حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ حُمَيْدٍ، عَنْ مُوسَى بْنِ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ : " لَقَدْ تَرَكْتُمْ بِالْمَدِينَةِ أَقْوَامًا مَا سِرْتُمْ مَسِيرًا وَلاَ أَنْفَقْتُمْ مِنْ نَفَقَةٍ وَلاَ قَطَعْتُمْ مِنْ وَادٍ إِلاَّ وَهُمْ مَعَكُمْ فِيهِ " . قَالُوا : يَا رَسُولَ اللَّهِ وَكَيْفَ يَكُونُونَ مَعَنَا وَهُمْ بِالْمَدِينَةِ فَقَالَ : " حَبَسَهُمُ الْعُذْرُ " .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Sizlar Madinada shunday qavmlarni qoldirib keldingizki, qaysi yoʻlni bosib oʻtsangiz, qancha nafaqa sarflasangiz va qaysi vodiyni kesib oʻtsangiz, ular shubhasiz shu (savobda) sizlar bilan birga boʻladilar». Sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, ular Madinada turgan boʻlsalar, qanday qilib biz bilan birga boʻladilar?» dedilar. U zot: «Ularni uzr ushlab qoldi», dedilar.