حَدَّثَنَا حَيْوَةُ بْنُ شُرَيْحٍ الْحَضْرَمِيُّ، حَدَّثَنَا بَقِيَّةُ، حَدَّثَنِي بَحِيرٌ، عَنْ خَالِدِ بْنِ مَعْدَانَ، عَنْ أَبِي بَحْرِيَّةَ، عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ، عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَنَّهُ قَالَ : " الْغَزْوُ غَزْوَانِ فَأَمَّا مَنِ ابْتَغَى وَجْهَ اللَّهِ، وَأَطَاعَ الإِمَامَ، وَأَنْفَقَ الْكَرِيمَةَ، وَيَاسَرَ الشَّرِيكَ، وَاجْتَنَبَ الْفَسَادَ، فَإِنَّ نَوْمَهُ وَنَبْهَهُ أَجْرٌ كُلُّهُ وَأَمَّا مَنْ غَزَا فَخْرًا وَرِيَاءً وَسُمْعَةً، وَعَصَى الإِمَامَ، وَأَفْسَدَ فِي الأَرْضِ، فَإِنَّهُ لَمْ يَرْجِعْ بِالْكَفَافِ " .
Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Gʻazot ikki xildir. Kim Allohning yuzini (rizosini) istab, imomga itoat qilib, eng qadrli (molini) sarflab, sherigiga yengillik qilib, buzgʻunchilikdan saqlansa, uning uxlashi ham, uygʻoqligi ham — barchasi ajrdir. Kim esa maqtanish, riyo va ovoza uchun gʻazot qilib, imomga osiylik qilib, yer yuzida buzgʻunchilik qilsa, u (savob-gunohda) barobar boʻlib qaytmaydi (balki gunohkor boʻladi)».