حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَوْفٍ الطَّائِيُّ، حَدَّثَنَا أَبُو الْمُغِيرَةِ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ مُهَاجِرٍ، حَدَّثَنَا عَقِيلُ بْنُ شَبِيبٍ، عَنْ أَبِي وَهْبٍ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم : " عَلَيْكُمْ بِكُلِّ أَشْقَرَ أَغَرَّ مُحَجَّلٍ، أَوْ كُمَيْتٍ أَغَرَّ " . فَذَكَرَ نَحْوَهُ . قَالَ مُحَمَّدٌ - يَعْنِي ابْنَ مُهَاجِرٍ - سَأَلْتُهُ : لِمَ فَضَّلَ الأَشْقَرَ قَالَ : لأَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم بَعَثَ سَرِيَّةً فَكَانَ أَوَّلَ مَنْ جَاءَ بِالْفَتْحِ صَاحِبُ أَشْقَرَ .
Abu Vahb (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Peshonasi oq, oyoqlari oq saryagʻiz (ot), yoki peshonasi oq toʻriq (ot) tutishingiz lozim», deb (yuqoridagiga) oʻxshash (hadis) zikr qildi. Muhammad — yaʼni Ibn Muhojir — aytdi: Men undan: «Nega saryagʻiz (ot) afzal koʻrildi?» deb soʻradim. U: «Chunki Nabiy ﷺ bir sariya (qoʻshin) joʻnatgan edilar, gʻalaba xabarini birinchi boʻlib keltirgan kishi saryagʻiz (ot) egasi edi», dedi.