حَدَّثَنَا أَبُو صَالِحٍ، مَحْبُوبُ بْنُ مُوسَى أَخْبَرَنَا أَبُو إِسْحَاقَ الْفَزَارِيُّ، عَنْ عَاصِمِ بْنِ سُلَيْمَانَ، عَنْ مُوَرِّقٍ، - يَعْنِي الْعِجْلِيَّ - حَدَّثَنِي عَبْدُ اللَّهِ بْنُ جَعْفَرٍ، قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا قَدِمَ مِنْ سَفَرٍ اسْتُقْبِلَ بِنَا فَأَيُّنَا اسْتُقْبِلَ أَوَّلاً جَعَلَهُ أَمَامَهُ فَاسْتُقْبِلَ بِي فَحَمَلَنِي أَمَامَهُ ثُمَّ اسْتُقْبِلَ بِحَسَنٍ أَوْ حُسَيْنٍ فَجَعَلَهُ خَلْفَهُ فَدَخَلْنَا الْمَدِينَةَ وَإِنَّا لَكَذَلِكَ .
Abdulloh ibn Jaʼfar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U: «Rasululloh ﷺ safardan qaytib kelganlarida, biz u zotni qarshi olishga olib chiqilar edik. Bizdan kim avval (u zotga) duch kelsa, u zot uni oldilariga oʻtkazib mindirardilar. Bir safar men avval duch keldim, shunda u zot meni oldilariga mindirdilar. Soʻng Hasan yoki Husayn keltirildi, u zot uni orqalariga oʻtkazdilar. Shu holda Madinaga kirib bordik», dedi.