حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ مَنْصُورٍ، حَدَّثَنَا هُشَيْمٌ، حَدَّثَنَا يَعْلَى بْنُ عَطَاءٍ، حَدَّثَنَا عُمَارَةُ بْنُ حَدِيدٍ، عَنْ صَخْرٍ الْغَامِدِيِّ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " اللَّهُمَّ بَارِكْ لأُمَّتِي فِي بُكُورِهَا " . وَكَانَ إِذَا بَعَثَ سَرِيَّةً أَوْ جَيْشًا بَعَثَهُمْ فِي أَوَّلِ النَّهَارِ . وَكَانَ صَخْرٌ رَجُلاً تَاجِرًا وَكَانَ يَبْعَثُ تِجَارَتَهُ مِنْ أَوَّلِ النَّهَارِ فَأَثْرَى وَكَثُرَ مَالُهُ . قَالَ أَبُو دَاوُدَ وَهُوَ صَخْرُ بْنُ وَدَاعَةَ .
Saxr al-Gʻomidiy (roziyallohu anhu)dan, Paygʻambar ﷺ dan rivoyat qilinadi: U zot: «Allohim, ummatimga ertalabki vaqtida baraka ber», dedilar. U zot biror sariyya (kichik qoʻshin) yoki katta qoʻshinni joʻnatganlarida, ularni kun boshida (ertalab) joʻnatar edilar. Saxr esa savdogar kishi boʻlib, savdo molini kun boshida joʻnatar edi, shu sababli boyib ketdi va mol-dunyosi koʻpaydi. Abu Dovud aytdi: U Saxr ibn Vadoʼadir.