حَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ مُعَاذٍ الْعَنْبَرِيُّ، حَدَّثَنَا أَبِي، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ أَبِي بِشْرٍ، عَنْ عَبَّادِ بْنِ شُرَحْبِيلَ، قَالَ أَصَابَتْنِي سَنَةٌ فَدَخَلْتُ حَائِطًا مِنْ حِيطَانِ الْمَدِينَةِ فَفَرَكْتُ سُنْبُلاً فَأَكَلْتُ وَحَمَلْتُ فِي ثَوْبِي فَجَاءَ صَاحِبُهُ فَضَرَبَنِي وَأَخَذَ ثَوْبِي فَأَتَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ لَهُ " مَا عَلَّمْتَ إِذْ كَانَ جَاهِلاً وَلاَ أَطْعَمْتَ إِذْ كَانَ جَائِعًا " . أَوْ قَالَ " سَاغِبًا " . وَأَمَرَهُ فَرَدَّ عَلَىَّ ثَوْبِي وَأَعْطَانِي وَسْقًا أَوْ نِصْفَ وَسْقٍ مِنْ طَعَامٍ .
Abbod ibn Shurahbil (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Meni qahatchilik (ochlik) tutdi. Shunda men Madina bogʻlaridan biriga kirib, bir boshoqni ovuchlab ezdim-da, (donini) yedim va toʻnimga (etagimga) ham soldim. Shu payt bogʻning egasi kelib, meni urdi va toʻnimni tortib oldi. Men Rasululloh ﷺ huzurlariga keldim. U zot unga: «Bilmaganida unga oʻrgatmabsan, och boʻlganida unga ovqat ham bermabsan», dedilar. Yoki «och» (degan boshqa soʻzni) aytdilar. Soʻng unga buyurdilar, u toʻnimni menga qaytarib berdi va menga bir vasq yoki yarim vasq taom berdi.