حَدَّثَنَا زُهَيْرُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا حَجَّاجٌ، قَالَ قَالَ ابْنُ جُرَيْجٍ { يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ وَأُولِي الأَمْرِ مِنْكُمْ } فِي عَبْدِ اللَّهِ بْنِ قَيْسِ بْنِ عَدِيٍّ بَعَثَهُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فِي سَرِيَّةٍ أَخْبَرَنِيهِ يَعْلَى عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ .
Zuhayr ibn Harb bizga Hajjoj orqali rivoyat qildi. U aytdi: Ibn Jurayj dedi: {Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat qilinglar, Paygʻambarga va oʻzlaringizdan boʻlgan ish boshliqlarga ham itoat qilinglar} (Niso 59) (degan oyat) Abdulloh ibn Qays ibn Adiy haqida (nozil boʻlgan). Uni Nabiy ﷺ bir sariyya (qoʻshin boʻlagi) bilan yuborgan edilar. Buni menga Yaʼlo Said ibn Jubayrdan, u Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan (rivoyat qilib) xabar berdi.