حَدَّثَنَا أَبُو تَوْبَةَ الرَّبِيعُ بْنُ نَافِعٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ الْمُبَارَكِ، عَنْ جَرِيرِ بْنِ حَازِمٍ، عَنِ الزُّبَيْرِ بْنِ خِرِّيتٍ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ نَزَلَتْ { إِنْ يَكُنْ مِنْكُمْ عِشْرُونَ صَابِرُونَ يَغْلِبُوا مِائَتَيْنِ } فَشَقَّ ذَلِكَ عَلَى الْمُسْلِمِينَ حِينَ فَرَضَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ أَنْ لاَ يَفِرَّ وَاحِدٌ مِنْ عَشَرَةٍ ثُمَّ إِنَّهُ جَاءَ تَخْفِيفٌ فَقَالَ { الآنَ خَفَّفَ اللَّهُ عَنْكُمْ } قَرَأَ أَبُو تَوْبَةَ إِلَى قَوْلِهِ { يَغْلِبُوا مِائَتَيْنِ } قَالَ فَلَمَّا خَفَّفَ اللَّهُ تَعَالَى عَنْهُمْ مِنَ الْعِدَّةِ نَقَصَ مِنَ الصَّبْرِ بِقَدْرِ مَا خَفَّفَ عَنْهُمْ .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi, u shunday dedi: «{Agar orangizda yigirmata sabrli kishi boʻlsa, ikki yuztaga gʻolib kelurlar} (oyati) nozil boʻldi. Olloh ularga oʻndan bittasi (oʻn dushmandan bitta musulmon) qochmasligini farz qilganda, bu musulmonlarga ogʻir keldi. Soʻngra yengillik (oyati) keldi va U zot: {Endi Olloh sizdan (yukni) yengil qildi} dedi». Abu Tavba {ikki yuztaga gʻolib kelurlar} degan soʻzigacha (oyatni) qiroat qildi. U (Ibn Abbos) dedi: «Olloh taolo ulardan adadni (sonni) yengil qilganida, sabr ham ulardan yengil qilingan miqdorda kamaytirildi».