حَدَّثَنَا وَهْبُ بْنُ بَقِيَّةَ، عَنْ خَالِدٍ، عَنْ حُصَيْنٍ، عَنْ سَعْدِ بْنِ عُبَيْدَةَ، عَنْ أَبِي عَبْدِ الرَّحْمَنِ السُّلَمِيِّ، عَنْ عَلِيٍّ، بِهَذِهِ الْقِصَّةِ قَالَ انْطَلَقَ حَاطِبٌ فَكَتَبَ إِلَى أَهْلِ مَكَّةَ أَنَّ مُحَمَّدًا صلى الله عليه وسلم قَدْ سَارَ إِلَيْكُمْ وَقَالَ فِيهِ قَالَتْ مَا مَعِي كِتَابٌ . فَانْتَحَيْنَاهَا فَمَا وَجَدْنَا مَعَهَا كِتَابًا فَقَالَ عَلِيٌّ وَالَّذِي يُحْلَفُ بِهِ لأَقْتُلَنَّكِ أَوْ لَتُخْرِجِنَّ الْكِتَابَ . وَسَاقَ الْحَدِيثَ .
Abu Abdurrahmon as-Sulamiy orqali Ali (roziyallohu anhu)dan shu qissa rivoyat qilinadi. U dedi: «Hotib (yoʻlga) joʻnab, Makka ahliga: ‹Muhammad ﷺ sizlar tomon yurib keldilar›, deb yozdi». U (rivoyatda) shuni ham aytdi: U (ayol): «Mening oldimda maktub yoʻq», dedi. Biz uning (tuyasini choʻktirib) tintdik, ammo uning yonidan maktub topmadik. Shunda Ali: «Qasam ichiladigan Zot (Olloh)ga qasamki, yo seni oʻldiraman, yo maktubni chiqarasan», dedi. Va u (rovi) hadisni (oxirigacha) keltirdi.