حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا مُعَاذُ بْنُ هِشَامٍ، حَدَّثَنِي أَبِي، عَنْ قَتَادَةَ، عَنِ الْحَسَنِ، عَنِ الْهَيَّاجِ بْنِ عِمْرَانَ، أَنَّ عِمْرَانَ، أَبَقَ لَهُ غُلاَمٌ فَجَعَلَ لِلَّهِ عَلَيْهِ لَئِنْ قَدَرَ عَلَيْهِ لَيَقْطَعَنَّ يَدَهُ فَأَرْسَلَنِي لأَسْأَلَ لَهُ فَأَتَيْتُ سَمُرَةَ بْنَ جُنْدَبٍ فَسَأَلْتُهُ فَقَالَ كَانَ نَبِيُّ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَحُثُّنَا عَلَى الصَّدَقَةِ وَيَنْهَانَا عَنِ الْمُثْلَةِ فَأَتَيْتُ عِمْرَانَ بْنَ حُصَيْنٍ فَسَأَلْتُهُ فَقَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَحُثُّنَا عَلَى الصَّدَقَةِ وَيَنْهَانَا عَنِ الْمُثْلَةِ .
Hayyoj ibn Imrondan rivoyat qilinishicha, Imronning bir quli qochib ketdi. (Imron) Allohga: «Agar uni qoʻlga olsam, qoʻlini kesaman», deb (atalgan ishni) oʻziga lozim qilib oldi. Soʻng meni bu haqda (savol) soʻrab kelishimga yubordi. Men Samura ibn Jundub (roziyallohu anhu)ning oldiga keldim va undan soʻradim. U: «Allohning Nabiysi ﷺ bizni sadaqaga undar va murdani buzishdan (maslalashdan) qaytarar edilar», dedi. Soʻng men Imron ibn Husayn (roziyallohu anhu)ning oldiga keldim va undan soʻradim. U: «Rasululloh ﷺ bizni sadaqaga undar va murdani buzishdan (maslalashdan) qaytarar edilar», dedi.