حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ مَنْصُورٍ، حَدَّثَنَا مُغِيرَةُ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ الْحِزَامِيُّ، عَنْ أَبِي الزِّنَادِ، حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ حَمْزَةَ الأَسْلَمِيُّ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَمَّرَهُ عَلَى سَرِيَّةٍ قَالَ فَخَرَجْتُ فِيهَا وَقَالَ " إِنْ وَجَدْتُمْ فُلاَنًا فَاحْرِقُوهُ بِالنَّارِ " . فَوَلَّيْتُ فَنَادَانِي فَرَجَعْتُ إِلَيْهِ فَقَالَ " إِنْ وَجَدْتُمْ فُلاَنًا فَاقْتُلُوهُ وَلاَ تُحْرِقُوهُ فَإِنَّهُ لاَ يُعَذِّبُ بِالنَّارِ إِلاَّ رَبُّ النَّارِ " .
Said ibn Mansur bizga aytib berdi: Mugʻiyra ibn Abdurrahmon al-Hizomiy bizga Abuz-Zinoddan hadis aytdi: Muhammad ibn Hamza al-Aslamiy menga otasidan hadis aytib berdi: Rasululloh ﷺ uni bir sariyaga (qoʻshinga) sarkarda qilib tayinladilar. (Otam) dedi: Men oʻsha (qoʻshin) ichida (jangga) chiqdim. U zot ﷺ: «Agar falonchini topsalaringiz, uni olov bilan kuydiringlar», dedilar. Soʻng men ortga qaytdim, u zot ﷺ meni chaqirdilar. Men yana u zotning oldilariga qaytdim. Shunda u zot: «Agar falonchini topsalaringiz, uni oʻldiringlar, ammo kuydirmanglar. Chunki olov bilan faqat olovning Robbigina azoblaydi», dedilar.