حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ حَنْبَلٍ، حَدَّثَنَا بِشْرٌ، - يَعْنِي ابْنَ الْمُفَضَّلِ - عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ زَيْدٍ، قَالَ حَدَّثَنِي عُمَيْرٌ، مَوْلَى آبِي اللَّحْمِ قَالَ شَهِدْتُ خَيْبَرَ مَعَ سَادَتِي فَكَلَّمُوا فِيَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَمَرَ بِي فَقُلِّدْتُ سَيْفًا فَإِذَا أَنَا أَجُرُّهُ فَأُخْبِرَ أَنِّي مَمْلُوكٌ فَأَمَرَ لِي بِشَىْءٍ مِنْ خُرْثِيِّ الْمَتَاعِ . قَالَ أَبُو دَاوُدَ مَعْنَاهُ أَنَّهُ لَمْ يُسْهِمْ لَهُ . قَالَ أَبُو دَاوُدَ وَقَالَ أَبُو عُبَيْدٍ كَانَ حَرَّمَ اللَّحْمَ عَلَى نَفْسِهِ فَسُمِّيَ آبِي اللَّحْمِ .
Abul-Lahmning ozod qilgan quli Umayr (roziyallohu anhu) aytadi: Men Xaybarda xojalarim bilan birga ishtirok etdim. Ular Rasululloh ﷺga men haqimda gapirishdi. U zot men haqimda buyurdilar va menga qilich taqildi. Men uni sudrab yurar edim. Soʻng u zotga mening qul ekanligim xabar qilindi. Shunda u zot menga arzon-qoʻra anjomlardan biror narsa berishni buyurdilar. Abu Dovud aytadi: Buning maʼnosi shuki, u zot unga (oʻljadan) ulush ajratmadilar. Abu Dovud aytadi: Abu Ubayd aytdi: U (roviy Abil-Lahm) goʻshtni oʻziga harom qilgani uchun «Abil-Lahm» (goʻshtni xush koʻrmaydigan) deb nomlangan.