حَدَّثَنَا عَبْدُ الْمَلِكِ بْنُ شُعَيْبِ بْنِ اللَّيْثِ، قَالَ حَدَّثَنِي أَبِي، عَنْ جَدِّي، ح وَحَدَّثَنَا حَجَّاجُ بْنُ أَبِي يَعْقُوبَ، قَالَ حَدَّثَنِي حُجَيْنٌ، قَالَ حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ عُقَيْلٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ سَالِمٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَدْ كَانَ يُنَفِّلُ بَعْضَ مَنْ يَبْعَثُ مِنَ السَّرَايَا لأَنْفُسِهِمْ خَاصَّةً النَّفْلَ سِوَى قَسْمِ عَامَّةِ الْجَيْشِ وَالْخُمُسُ فِي ذَلِكَ وَاجِبٌ كُلُّهُ .
Abdulmalik ibn Shuayb ibn al-Lays bizga aytib berdi, u: Otam menga otasi (bobosi)dan aytib berdi, dedi. Yana Hajjoj ibn Abu Yaʼqub bizga aytib berdi, u: Hujayn menga aytib berdi, dedi, u: Lays bizga aytib berdi, dedi. U Uqayldan, u Ibn Shihobdan, u Solimdan, u Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qiladiki, Rasululloh ﷺ oʻzlari joʻnatgan baʼzi saryyalardagilarga umumiy qoʻshin taqsimotidan tashqari, xosatan oʻzlari uchun nafl berar edilar. Bularning hammasida xums (beshdan bir) vojibdir.