حَدَّثَنِي الْقَعْنَبِيُّ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا قَفَلَ مِنْ غَزْوٍ أَوْ حَجٍّ أَوْ عُمْرَةٍ يُكَبِّرُ عَلَى كُلِّ شَرَفٍ مِنَ الأَرْضِ ثَلاَثَ تَكْبِيرَاتٍ وَيَقُولُ " لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ آيِبُونَ تَائِبُونَ عَابِدُونَ سَاجِدُونَ لِرَبِّنَا حَامِدُونَ صَدَقَ اللَّهُ وَعْدَهُ وَنَصَرَ عَبْدَهُ وَهَزَمَ الأَحْزَابَ وَحْدَهُ " .
Al-Qaʼnabiy menga Molikdan, u Nofeʼdan, u Abdulloh ibn Umardan rivoyat qildiki, Rasululloh ﷺ gʻazot, haj yoki umradan qaytayotganlarida, yerdan har bir baland joyga (chiqqanlarida) uch marta takbir aytar va: «La ilaha illalloh vahdahu la sharika lah, lahul-mulku va lahul-hamdu va huva alaa kulli shayʼin qadiyr. Oyibuna, toibuna, obiduna, sojiduna, li-Rabbina hamiduna. Sadaqallohu vaʼdahu va nasara abdahu va hazamal-ahzoba vahdah» (Yagona, sherigi yoʻq Allohdan boʻlak iloh yoʻq. Mulk Uniki va hamd Uniki, U har narsaga Qodirdir. Biz (Allohga) qaytguvchilar, tavba qilguvchilar, ibodat qilguvchilar, sajda qilguvchilarmiz, Rabbimizga hamd aytguvchilarmiz. Alloh vaʼdasini rost qildi, bandasiga yordam berdi va (kofir) qoʻshinlarni yolgʻiz Oʻzi tor-mor qildi), deb aytardilar.