حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ نُمَيْرٍ، حَدَّثَنَا مُجَالِدٌ، عَنِ الشَّعْبِيِّ، عَنْ عَدِيِّ بْنِ حَاتِمٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " مَا عَلَّمْتَ مِنْ كَلْبٍ أَوْ بَازٍ ثُمَّ أَرْسَلْتَهُ وَذَكَرْتَ اسْمَ اللَّهِ فَكُلْ مِمَّا أَمْسَكَ عَلَيْكَ " . قُلْتُ وَإِنْ قَتَلَ قَالَ " إِذَا قَتَلَهُ وَلَمْ يَأْكُلْ مِنْهُ شَيْئًا فَإِنَّمَا أَمْسَكَهُ عَلَيْكَ " . قَالَ أَبُو دَاوُدَ الْبَازُ إِذَا أَكَلَ فَلاَ بَأْسَ بِهِ وَالْكَلْبُ إِذَا أَكَلَ كُرِهَ وَإِنْ شَرِبَ الدَّمَ فَلاَ بَأْسَ بِهِ .
Adiy ibn Hotim (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ: «Oʻrgatgan iting yoki lochiningni qoʻyib yuborib, Allohning nomini zikr qilgan boʻlsang, ular sen uchun ushlab bergan narsani yeyaver», dedilar. Men: «(Ovni) oʻldirib qoʻysalar ham-a?» dedim. U zot: «Uni oʻldirib, undan biron narsa yemagan boʻlsa, ular uni faqat sen uchun ushlagan boʻladi», dedilar. Abu Dovud aytdi: Lochin (ovdan) yesa, unda zarari yoʻq. It (ovdan) yesa, makruh boʻladi. Agar (it ovning) qonini ichsa, unda zarari yoʻq.