حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ هِشَامٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، أَنَّ امْرَأَةً، قَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ أُمِّيَ افْتُلِتَتْ نَفْسُهَا وَلَوْلاَ ذَلِكَ لَتَصَدَّقَتْ وَأَعْطَتْ أَفَيُجْزِئُ أَنْ أَتَصَدَّقَ عَنْهَا فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " نَعَمْ فَتَصَدَّقِي عَنْهَا " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: bir ayol: «Yo Rasululloh, onam tosatdan (vasiyatsiz) vafot etdi. Agar shunday boʻlmaganda, u albatta sadaqa qilar va (biror narsa) berar edi. Men uning oʻrniga sadaqa qilsam, (savobi unga) yetarmikan?» dedi. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Ha, uning oʻrniga sadaqa qil», dedilar.