حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ كَثِيرٍ، أَخْبَرَنَا هَمَّامٌ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنِ الْحَسَنِ، عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ، أَنَّ رَجُلاً، أَتَى النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ إِنَّ ابْنَ ابْنِي مَاتَ فَمَا لِي مِنْ مِيرَاثِهِ فَقَالَ " لَكَ السُّدُسُ " . فَلَمَّا أَدْبَرَ دَعَاهُ فَقَالَ " لَكَ سُدُسٌ آخَرُ " . فَلَمَّا أَدْبَرَ دَعَاهُ فَقَالَ " إِنَّ السُّدُسَ الآخَرَ طُعْمَةٌ " . قَالَ قَتَادَةُ فَلاَ يَدْرُونَ مَعَ أَىِّ شَىْءٍ وَرَّثَهُ . قَالَ قَتَادَةُ أَقَلُّ شَىْءٍ وَرِثَ الْجَدُّ السُّدُسَ .
Imron ibn Husayn (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinishicha, bir kishi Nabiy ﷺ huzurlariga kelib: «Oʻgʻlimning oʻgʻli (nabiram) vafot etdi, uning merosidan menga nima tegadi?» dedi. U zot: «Senga oltidan bir (tegadi)», dedilar. U ortiga burilganida, u zot uni chaqirib: «Senga yana bir oltidan bir (tegadi)», dedilar. U yana ortiga burilganida, u zot uni chaqirib: «Anavi oltidan bir (qoʻshimcha) inʼomdir», dedilar. Qatoda aytdi: Ular u zot uni qaysi (qarindosh) bilan birga vorislik qildirganini bilmaydilar. Qatoda aytdi: Bobo vorislik qilgan eng kam ulush oltidan bir edi.