حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ حَنْبَلٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، أَخْبَرَنَا مَعْمَرٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عَلِيِّ بْنِ حُسَيْنٍ، عَنْ عَمْرِو بْنِ عُثْمَانَ، عَنْ أُسَامَةَ بْنِ زَيْدٍ، قَالَ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَيْنَ تَنْزِلُ غَدًا فِي حَجَّتِهِ . قَالَ " وَهَلْ تَرَكَ لَنَا عَقِيلٌ مَنْزِلاً " . ثُمَّ قَالَ " نَحْنُ نَازِلُونَ بِخَيْفِ بَنِي كِنَانَةَ حَيْثُ تَقَاسَمَتْ قُرَيْشٌ عَلَى الْكُفْرِ " . يَعْنِي الْمُحَصَّبَ وَذَاكَ أَنَّ بَنِي كِنَانَةَ حَالَفَتْ قُرَيْشًا عَلَى بَنِي هَاشِمٍ أَنْ لاَ يُنَاكِحُوهُمْ وَلاَ يُبَايِعُوهُمْ وَلاَ يُئْوُوهُمْ . قَالَ الزُّهْرِيُّ وَالْخَيْفُ الْوَادِي .
Usoma ibn Zayd (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Men: «Ey Allohning Rasuli, ertaga qayerga tushasiz?», dedim. Bu (savol) u zotning Haj (safari) chogʻida boʻlgan edi. U zot: «Aqil bizga biron uy qoldirdimi?», dedilar. Soʻngra: «Biz Banu Kinona vodiysiga (Xayfiga) — Quraysh kufr ustida qasamyod qilgan joyga tushamiz», dedilar. Bu bilan al-Muhassabni nazarda tutdilar. Bunga sabab shuki, Banu Kinona Banu Hoshimga qarshi Quraysh bilan ittifoq tuzib, ular bilan na quda-andachilik qilmaslikka, na oldi-sotdi qilmaslikka, na ularga panoh bermaslikka ahdlashgan edilar. Az-Zuhriy aytdi: «al-Xayf» — vodiy demakdir.