حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، قَالَ قُرِئَ عَلَى مَالِكٍ وَأَنَا حَاضِرٌ، قَالَ مَالِكٌ عَرَضَ عَلَىَّ نَافِعٌ عَنِ ابْنِ عُمَرَ، أَنَّ عَائِشَةَ، رضى الله عنها أُمَّ الْمُؤْمِنِينَ أَرَادَتْ أَنْ تَشْتَرِيَ جَارِيَةً تَعْتِقُهَا فَقَالَ أَهْلُهَا نَبِيعُكِهَا عَلَى أَنَّ وَلاَءَهَا لَنَا . فَذَكَرَتْ عَائِشَةُ ذَاكَ لِرَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " لاَ يَمْنَعُكِ ذَلِكَ فَإِنَّ الْوَلاَءَ لِمَنْ أَعْتَقَ " .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, muʼminlarning onasi Oisha (roziyallohu anho) bir choʻrini sotib olib, uni ozod qilmoqchi boʻldi. Shunda uning egalari: «Sizga uni valosi bizniki boʻlishi sharti bilan sotamiz», deyishdi. Oisha buni Rasululloh ﷺga aytdi. U zot: «Bu seni toʻsmasin, chunki valo kim ozod qilgan boʻlsa, oʻshanikidir», dedilar.