حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا بِشْرٌ، - يَعْنِي ابْنَ الْمُفَضَّلِ - حَدَّثَنَا سَلَمَةُ، - يَعْنِي ابْنَ عَلْقَمَةَ - عَنْ مُحَمَّدٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ صَلَّى بِنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِمَعْنَى حَمَّادٍ كُلِّهِ إِلَى آخِرِ قَوْلِهِ نُبِّئْتُ أَنَّ عِمْرَانَ بْنَ حُصَيْنٍ قَالَ ثُمَّ سَلَّمَ . قَالَ قُلْتُ فَالتَّشَهُّدُ قَالَ لَمْ أَسْمَعْ فِي التَّشَهُّدِ وَأَحَبُّ إِلَىَّ أَنْ يَتَشَهَّدَ وَلَمْ يَذْكُرْ كَانَ يُسَمِّيهِ ذَا الْيَدَيْنِ . وَلاَ ذَكَرَ فَأَوْمَئُوا . وَلاَ ذَكَرَ الْغَضَبَ وَحَدِيثُ حَمَّادٍ عَنْ أَيُّوبَ أَتَمُّ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ bizga namoz oʻqib berdilar» deb, Hammodning hadisini butunligicha, uning «Menga Imron ibn Husaynning ‹Soʻng salom berdilar› degani xabar qilindi» degan oxirgi soʻzigacha shu maʼnoda (keltirdi). (Roviy) aytdi: Men: «Tashahhud-chi?» deb soʻradim. U: «Tashahhud haqida (hech narsa) eshitmadim, lekin tashahhud aytilishi menga koʻproq yoqadi», dedi. U «(Rasululloh) uni Zul-yadayn deb ataydilar» degan (soʻzni) zikr qilmadi, «ular ishora qilishdi»ni ham, «gʻazab»ni ham zikr qilmadi. Hammodning Ayyubdan (qilgan) hadisi toʻliqroqdir.