حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، - يَعْنِي ابْنَ سَعْدٍ - عَنْ يَزِيدَ بْنِ أَبِي حَبِيبٍ، أَنَّ سُوَيْدَ بْنَ قَيْسٍ، أَخْبَرَهُ عَنْ مُعَاوِيَةَ بْنِ حُدَيْجٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم صَلَّى يَوْمًا فَسَلَّمَ وَقَدْ بَقِيَتْ مِنَ الصَّلاَةِ رَكْعَةٌ فَأَدْرَكَهُ رَجُلٌ فَقَالَ نَسِيتَ مِنَ الصَّلاَةِ رَكْعَةً فَرَجَعَ فَدَخَلَ الْمَسْجِدَ وَأَمَرَ بِلاَلاً فَأَقَامَ الصَّلاَةَ فَصَلَّى لِلنَّاسِ رَكْعَةً فَأَخْبَرْتُ بِذَلِكَ النَّاسَ . فَقَالُوا لِي أَتَعْرِفُ الرَّجُلَ قُلْتُ لاَ إِلاَّ أَنْ أَرَاهُ فَمَرَّ بِي فَقُلْتُ هَذَا هُوَ . فَقَالُوا هَذَا طَلْحَةُ بْنُ عُبَيْدِ اللَّهِ .
Muoviya ibn Hudayj (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bir kuni namoz oʻqidilar va namozdan bir rakʼat qolgani holda salom berib qoʻydilar. Bir kishi u zotning oldiga kelib: «Namozdan bir rakʼatni unutdingiz» dedi. Shunda u zot (masjidga) qaytib kirdilar va Bilolga buyurdilar, u namozga iqomat aytdi. U zot odamlarga bir rakʼat namoz oʻqidilar. Men buni odamlarga xabar qildim. Ular menga: «Sen u kishini taniysanmi?» deyishdi. Men: «Yoʻq, lekin koʻrsam tanib olaman» dedim. Shunda u kishi yonimdan oʻtib qoldi va men: «Mana shu kishi» dedim. Ular: «Bu Talha ibn Ubaydulloh edi» deyishdi.