حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَسَارٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِذَا شَكَّ أَحَدُكُمْ فِي صَلاَتِهِ فَلاَ يَدْرِي كَمْ صَلَّى ثَلاَثًا أَوْ أَرْبَعًا فَلْيُصَلِّ رَكْعَةً وَيَسْجُدْ سَجْدَتَيْنِ وَهُوَ جَالِسٌ قَبْلَ التَّسْلِيمِ فَإِنْ كَانَتِ الرَّكْعَةُ الَّتِي صَلَّى خَامِسَةً شَفَعَهَا بِهَاتَيْنِ وَإِنْ كَانَتْ رَابِعَةً فَالسَّجْدَتَانِ تَرْغِيمٌ لِلشَّيْطَانِ " .
Atoʼ ibn Yasor (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ aytdilar: «Agar biringiz namozida shubhalanib, uch rakʼat oʻqidimi yoki toʻrt rakʼatmi — qancha oʻqiganini bilmay qolsa, bir rakʼat oʻqisin va salom berishdan oldin oʻtirgan holida ikki sajda qilsin. Bas, agar u oʻqigan rakʼat beshinchisi boʻlsa, bu ikki (sajda) bilan uni juft qiladi; agar toʻrtinchisi boʻlsa, ikki sajda shaytonni xorlash boʻladi.»