حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، أَخْبَرَنِي عَبْدُ الْحَمِيدِ، صَاحِبُ الزِّيَادِيِّ حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ الْحَارِثِ ابْنُ عَمِّ، مُحَمَّدِ بْنِ سِيرِينَ أَنَّ ابْنَ عَبَّاسٍ، قَالَ لِمُؤَذِّنِهِ فِي يَوْمٍ مَطِيرٍ إِذَا قُلْتَ أَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللَّهِ . فَلاَ تَقُلْ حَىَّ عَلَى الصَّلاَةِ . قُلْ صَلُّوا فِي بُيُوتِكُمْ . فَكَأَنَّ النَّاسَ اسْتَنْكَرُوا ذَلِكَ فَقَالَ قَدْ فَعَلَ ذَا مَنْ هُوَ خَيْرٌ مِنِّي إِنَّ الْجُمُعَةَ عَزْمَةٌ وَإِنِّي كَرِهْتُ أَنْ أُحْرِجَكُمْ فَتَمْشُونَ فِي الطِّينِ وَالْمَطَرِ .
Ibn Siyrin aytadi: Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) yomgʻirli bir kunda oʻz muazziniga: «Qachon ‹Ashhadu anna Muhammadan rasululloh› desang, ‹Hayya alas-salah› dema, balki ‹Uylaringizda namoz oʻqinglar› degin» dedilar. Shunda odamlar buni gʻalati koʻrgandek boʻldilar. Shunda u: «Buni mendan koʻra yaxshiroq zot (ham) qilgan. Albatta, juma (namozi) qatʼiy (vojib)dir, lekin men sizlarni qiyinchilikka solib, loy va yomgʻir ichida yurishingizni yoqtirmadim» dedilar.