حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ الْحَسَنِ، حَدَّثَنَا حَجَّاجُ بْنُ مُحَمَّدٍ، عَنِ ابْنِ جُرَيْجٍ، أَخْبَرَنِي عَطَاءٌ، أَنَّهُ رَأَى ابْنَ عُمَرَ يُصَلِّي بَعْدَ الْجُمُعَةِ فَيَنْمَازُ عَنْ مُصَلاَّهُ الَّذِي، صَلَّى فِيهِ الْجُمُعَةَ قَلِيلاً غَيْرَ كَثِيرٍ قَالَ فَيَرْكَعُ رَكْعَتَيْنِ قَالَ ثُمَّ يَمْشِي أَنْفَسَ مِنْ ذَلِكَ فَيَرْكَعُ أَرْبَعَ رَكَعَاتٍ قُلْتُ لِعَطَاءٍ كَمْ رَأَيْتَ ابْنَ عُمَرَ يَصْنَعُ ذَلِكَ قَالَ مِرَارًا قَالَ أَبُو دَاوُدَ وَرَوَاهُ عَبْدُ الْمَلِكِ بْنُ أَبِي سُلَيْمَانَ وَلَمْ يُتِمَّهُ .
Atodan rivoyat qilinadi: U Ibn Umar (roziyallohu anhumo)ning juma namozidan keyin namoz oʻqiyotganlarini koʻrgan. U zot juma namozini oʻqigan joylaridan koʻp emas, ozgina nariga surilib, ikki rakaat namoz oʻqir edilar. Soʻng undan ham koʻproq nariga borib, toʻrt rakaat namoz oʻqir edilar. Atoga: «Ibn Umarning bunday qilganlarini necha marta koʻrgansan?» dedim. U: «Koʻp marta», dedi. Abu Dovud aytadi: Buni Abdulmalik ibn Abu Sulaymon ham rivoyat qilgan, lekin uni toʻliq keltirmagan.