حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ أَيُّوبَ، وَيُونُسَ، وَحَبِيبٍ، وَيَحْيَى بْنِ عَتِيقٍ، وَهِشَامٍ، - فِي آخَرِينَ - عَنْ مُحَمَّدٍ، أَنَّ أُمَّ عَطِيَّةَ، قَالَتْ أَمَرَنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَنْ نُخْرِجَ ذَوَاتِ الْخُدُورِ يَوْمَ الْعِيدِ . قِيلَ فَالْحُيَّضُ قَالَ " لِيَشْهَدْنَ الْخَيْرَ وَدَعْوَةَ الْمُسْلِمِينَ " . قَالَ فَقَالَتِ امْرَأَةٌ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنْ لَمْ يَكُنْ لإِحْدَاهُنَّ ثَوْبٌ كَيْفَ تَصْنَعُ قَالَ " تُلْبِسُهَا صَاحِبَتُهَا طَائِفَةً مِنْ ثَوْبِهَا " .
Ummu Atiyya (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, u shunday dedi: Rasululloh ﷺ bizga hayit kuni parda ortidagi (yosh) qizlarni ham (musallaga) olib chiqishni buyurdilar. «Hayzli ayollar-chi?» deb soʻralganda, u zot: «Ular yaxshilikda va musulmonlarning duosida hozir boʻlsinlar», dedilar. Bir ayol: «Yo Rasululloh, agar birortamizda (ortga oʻraydigan) koʻylak boʻlmasa, qanday qiladi?» dedi. U zot: «Dugonasi unga oʻz koʻylagidan bir qismini kiydirib qoʻysin», dedilar.