حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عُمَرَ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، ح وَحَدَّثَنَا ابْنُ كَثِيرٍ، أَخْبَرَنَا شُعْبَةُ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ عَطَاءٍ، قَالَ أَشْهَدُ عَلَى ابْنِ عَبَّاسٍ وَشَهِدَ ابْنُ عَبَّاسٍ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَنَّهُ خَرَجَ يَوْمَ فِطْرٍ فَصَلَّى ثُمَّ خَطَبَ ثُمَّ أَتَى النِّسَاءَ وَمَعَهُ بِلاَلٌ . قَالَ ابْنُ كَثِيرٍ أَكْبَرُ عِلْمِ شُعْبَةَ فَأَمَرَهُنَّ بِالصَّدَقَةِ فَجَعَلْنَ يُلْقِينَ .
Atodan rivoyat qilinadi: U shunday dedi: Men Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)ning (shahodatiga) guvohlik beraman, Ibn Abbos esa Rasululloh ﷺ haqida shunga guvohlik berdi: U zot Fitr hayiti kuni (musallaga) chiqib namoz oʻqidilar, soʻng xutba qildilar, soʻng yonlarida Bilol bilan ayollar oldiga keldilar. Ibn Kasir aytadi: Shuʼbaning gumoniga koʻra, u (Nabiy ﷺ) ularni sadaqa berishga buyurdilar, shunda ular (taqinchoqlarini) tashlay boshladilar.