حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ كَثِيرٍ، أَخْبَرَنَا سُفْيَانُ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَابِسٍ، قَالَ سَأَلَ رَجُلٌ ابْنَ عَبَّاسٍ أَشَهِدْتَ الْعِيدَ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ نَعَمْ وَلَوْلاَ مَنْزِلَتِي مِنْهُ مَا شَهِدْتُهُ مِنَ الصِّغَرِ فَأَتَى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم الْعَلَمَ الَّذِي عِنْدَ دَارِ كَثِيرِ بْنِ الصَّلْتِ فَصَلَّى ثُمَّ خَطَبَ وَلَمْ يَذْكُرْ أَذَانًا وَلاَ إِقَامَةً قَالَ ثُمَّ أَمَرَ بِالصَّدَقَةِ - قَالَ - فَجَعَلَ النِّسَاءُ يُشِرْنَ إِلَى آذَانِهِنَّ وَحُلُوقِهِنَّ قَالَ فَأَمَرَ بِلاَلاً فَأَتَاهُنَّ ثُمَّ رَجَعَ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم .
Abdurahmon ibn Obis aytadi: Bir kishi Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan: «Hayit (namozi)da Rasululloh ﷺ bilan birga hozir boʻlganmisiz?» — deb soʻradi. U: «Ha. Agar uning ﷺ huzurida menga (boʻlgan yaqinlik) martabam boʻlmaganida, yoshim kichikligi sababli unda hozir boʻlmas edim», — dedi. Soʻng Rasululloh ﷺ Kasir ibn as-Salt uyi yonidagi belgi (qoʻyilgan joy)ga keldilar va namoz oʻqidilar, soʻng xutba qildilar; (Ibn Abbos) azon ham, iqomat ham (boʻlganini) zikr qilmadi. Keyin (u zot) sadaqa berishga buyurdilar. Shunda ayollar quloqlari va boʻyinlariga (taqinchoqlarini sadaqa qilishga) ishora qila boshladilar. Soʻng (u zot) Bilolga buyurdilar, u (ayollarning) oldiga bordi, keyin Nabiy ﷺ huzuriga qaytdi.