حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عُمَرَ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، حَدَّثَنِي عَدِيُّ بْنُ ثَابِتٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ خَرَجَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَوْمَ فِطْرٍ فَصَلَّى رَكْعَتَيْنِ لَمْ يُصَلِّ قَبْلَهُمَا وَلاَ بَعْدَهُمَا ثُمَّ أَتَى النِّسَاءَ وَمَعَهُ بِلاَلٌ فَأَمَرَهُنَّ بِالصَّدَقَةِ فَجَعَلَتِ الْمَرْأَةُ تُلْقِي خُرْصَهَا وَسِخَابَهَا .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) aytadi: Rasululloh ﷺ ramazon hayiti kuni (namozgohga) chiqib, ikki rakaat namoz oʻqidilar; undan oldin ham, keyin ham (boshqa) namoz oʻqimadilar. Soʻng oʻzlari bilan Bilolni olib, ayollarning oldiga keldilar va ularni sadaqa berishga buyurdilar. Shunda ayol(lar) isirgalarini va marjonlarini tashlay boshlashdi.