حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، حَدَّثَنِي عَمْرُو بْنُ أَبِي حَكِيمٍ، قَالَ سَمِعْتُ الزِّبْرِقَانَ، يُحَدِّثُ عَنْ عُرْوَةَ بْنِ الزُّبَيْرِ، عَنْ زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ، قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يُصَلِّي الظُّهْرَ بِالْهَاجِرَةِ وَلَمْ يَكُنْ يُصَلِّي صَلاَةً أَشَدَّ عَلَى أَصْحَابِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مِنْهَا فَنَزَلَتْ { حَافِظُوا عَلَى الصَّلَوَاتِ وَالصَّلاَةِ الْوُسْطَى } وَقَالَ " إِنَّ قَبْلَهَا صَلاَتَيْنِ وَبَعْدَهَا صَلاَتَيْنِ " .
Muhammad ibn Musanno bizga, Muhammad ibn Jaʼfar menga, Shuʼba bizga, Amr ibn Abu Hakiym menga aytib berib dedi: Men Zibriqonni Urva ibn Zubayrdan, u Zayd ibn Sobitdan rivoyat qilib aytayotganini eshitdim: Rasululloh ﷺ peshin namozini kunning qoq issigʻida oʻqir edilar, Rasululloh ﷺning sahobalariga undan ogʻirroq keladigan boshqa namoz yoʻq edi. Shunda {Namozlarni va oʻrtancha namozni saqlanglar} (oyati) nozil boʻldi. Va u (roviy): «Albatta, undan oldin ikki namoz, undan keyin ikki namoz bordir», dedi.