حَدَّثَنَا عِيسَى بْنُ حَمَّادٍ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ سَعِيدٍ الْمَقْبُرِيِّ، عَنْ شَرِيكِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي نَمِرٍ، أَنَّهُ سَمِعَ أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ، يَقُولُ دَخَلَ رَجُلٌ عَلَى جَمَلٍ فَأَنَاخَهُ فِي الْمَسْجِدِ ثُمَّ عَقَلَهُ ثُمَّ قَالَ أَيُّكُمْ مُحَمَّدٌ وَرَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مُتَّكِئٌ بَيْنَ ظَهْرَانَيْهِمْ فَقُلْنَا لَهُ هَذَا الأَبْيَضُ الْمُتَّكِئُ . فَقَالَ الرَّجُلُ يَا ابْنَ عَبْدِ الْمُطَّلِبِ . فَقَالَ لَهُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " قَدْ أَجَبْتُكَ " . فَقَالَ لَهُ الرَّجُلُ يَا مُحَمَّدُ إِنِّي سَائِلُكَ . وَسَاقَ الْحَدِيثَ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. U aytdi: Bir kishi tuyaga minib (masjidga) kirdi va uni masjidda choʻktirib, soʻng (oyogʻini) bogʻladi. Soʻngra: «Qaysi biringiz Muhammad?» dedi. Rasululloh ﷺ esa ular orasida (biror narsaga) suyanib oʻtirardilar. Biz unga: «Mana shu suyanib oʻtirgan oq (yuzli) kishi», dedik. U kishi: «Ey Abdulmuttalibning oʻgʻli!» dedi. Nabiy ﷺ unga: «Senga javob berdim (eshityapman)», dedilar. U kishi unga: «Ey Muhammad, men sendan soʻrayman», dedi. (Roviy) hadisni (toʻliq) keltirdi.