حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ دَاوُدَ، أَخْبَرَنَا ابْنُ وَهْبٍ، قَالَ حَدَّثَنِي ابْنُ لَهِيعَةَ، وَيَحْيَى بْنُ أَزْهَرَ، عَنْ عَمَّارِ بْنِ سَعْدٍ الْمُرَادِيِّ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ الْغِفَارِيِّ، أَنَّ عَلِيًّا، - رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ - مَرَّ بِبَابِلَ وَهُوَ يَسِيرُ فَجَاءَهُ الْمُؤَذِّنُ يُؤَذِّنُ بِصَلاَةِ الْعَصْرِ فَلَمَّا بَرَزَ مِنْهَا أَمَرَ الْمُؤَذِّنَ فَأَقَامَ الصَّلاَةَ فَلَمَّا فَرَغَ قَالَ إِنَّ حَبِيبِي صلى الله عليه وسلم نَهَانِي أَنْ أُصَلِّيَ فِي الْمَقْبُرَةِ وَنَهَانِي أَنْ أُصَلِّيَ فِي أَرْضِ بَابِلَ فَإِنَّهَا مَلْعُونَةٌ .
Sulaymon ibn Dovud bizga aytib berdi: Ibn Vahb bizga xabar berib aytdi: Menga Ibn Lahiya va Yahyo ibn Azhar Ammor ibn Saʼd al-Murodiydan, u Abu Solih al-Gʻiforiydan rivoyat qildiki, Ali (roziyallohu anhu) yoʻl yurib ketayotib, Bobil (degan joy)dan oʻtdi. Shunda muazzin uning oldiga kelib, asr namoziga azon aytdi. U yerdan chiqib oʻtgach, muazzinga buyurdi, u namozga iqomat aytdi. Namozni tugatgach, u: «Albatta, mening doʻstim ﷺ meni qabristonda namoz oʻqishdan qaytargan edilar va meni Bobil yerida namoz oʻqishdan qaytargan edilar, chunki u laʼnatlangan (yer)dir», dedi.