حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ مُحَمَّدِ بْنِ أَيُّوبَ، حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ سَعْدٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ إِسْحَاقَ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ جَعْفَرِ بْنِ الزُّبَيْرِ، عَنْ عُرْوَةَ بْنِ الزُّبَيْرِ، عَنِ امْرَأَةٍ، مِنْ بَنِي النَّجَّارِ قَالَتْ كَانَ بَيْتِي مِنْ أَطْوَلِ بَيْتٍ حَوْلَ الْمَسْجِدِ وَكَانَ بِلاَلٌ يُؤَذِّنُ عَلَيْهِ الْفَجْرَ فَيَأْتِي بِسَحَرٍ فَيَجْلِسُ عَلَى الْبَيْتِ يَنْظُرُ إِلَى الْفَجْرِ فَإِذَا رَآهُ تَمَطَّى ثُمَّ قَالَ اللَّهُمَّ إِنِّي أَحْمَدُكَ وَأَسْتَعِينُكَ عَلَى قُرَيْشٍ أَنْ يُقِيمُوا دِينَكَ قَالَتْ ثُمَّ يُؤَذِّنُ قَالَتْ وَاللَّهِ مَا عَلِمْتُهُ كَانَ تَرَكَهَا لَيْلَةً وَاحِدَةً تَعْنِي هَذِهِ الْكَلِمَاتِ .
Banun-Najjordan boʻlgan bir ayol (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi. U shunday dedi: Mening uyim masjid atrofidagi uylarning eng balandi edi. Bilol unda turib bomdod azonini aytar edi. U tong saharda kelib, uy ustiga oʻtirar va tongni kuzatar edi. Tongni koʻrgach, kerishib, soʻng: «Allohim, men Senga hamd aytaman va Quraysh Sening diningni barpo qilishlari uchun Sendan yordam soʻrayman», der edi. Ayol aytdi: Soʻng u azon aytar edi. Ayol aytdi: Alloh nomiga qasamki, men uning shu kalimalarni biron kecha tark etganini bilmayman.