حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عُمَرَ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، أَخْبَرَنِي يَعْلَى بْنُ عَطَاءٍ، عَنْ جَابِرِ بْنِ يَزِيدَ بْنِ الأَسْوَدِ، عَنْ أَبِيهِأَنَّهُ صَلَّى مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَهُوَ غُلاَمٌ شَابٌّ فَلَمَّا صَلَّى إِذَا رَجُلاَنِ لَمْ يُصَلِّيَا فِي نَاحِيَةِ الْمَسْجِدِ فَدَعَا بِهِمَا فَجِيءَ بِهِمَا تُرْعَدُ فَرَائِصُهُمَا فَقَالَ " مَا مَنَعَكُمَا أَنْ تُصَلِّيَا مَعَنَا " . قَالاَ قَدْ صَلَّيْنَا فِي رِحَالِنَا . فَقَالَ " لاَ تَفْعَلُوا إِذَا صَلَّى أَحَدُكُمْ فِي رَحْلِهِ ثُمَّ أَدْرَكَ الإِمَامَ وَلَمْ يُصَلِّ فَلْيُصَلِّ مَعَهُ فَإِنَّهَا لَهُ نَافِلَةٌ " .
Yaziyd ibn al-Asvad (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u yosh bola chogʻida Rasululloh ﷺ bilan birga namoz oʻqigan. (Rasululloh ﷺ) namozni oʻqib boʻlganlarida, masjidning bir chekkasida namoz oʻqimagan ikki kishi (oʻtirgan) edi. U zot ularni chaqirdilar. Ikkovi tanalari titrab-qaltirab huzurlariga keltirildi. U zot: «Bizlar bilan namoz oʻqishdan sizlarni nima toʻsdi?» dedilar. Ular: «Bizlar manzillarimizda oʻqib boʻlgan edik», dedilar. Shunda u zot: «Bunday qilmanglar! Biringiz uyida namoz oʻqigan boʻlsa, soʻng imomga yetib kelsa-yu, hali (jamoat) oʻqimagan boʻlsa, u bilan birga oʻqiyversin, bu unga nafl (namoz) boʻladi», dedilar.