حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، أَخْبَرَنَا أَيُّوبُ، عَنْ عَمْرِو بْنِ سَلِمَةَ، قَالَ كُنَّا بِحَاضِرٍ يَمُرُّ بِنَا النَّاسُ إِذَا أَتَوُا النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَكَانُوا إِذَا رَجَعُوا مَرُّوا بِنَا فَأَخْبَرُونَا أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ كَذَا وَكَذَا وَكُنْتُ غُلاَمًا حَافِظًا فَحَفِظْتُ مِنْ ذَلِكَ قُرْآنًا كَثِيرًا فَانْطَلَقَ أَبِي وَافِدًا إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فِي نَفَرٍ مِنْ قَوْمِهِ فَعَلَّمَهُمُ الصَّلاَةَ فَقَالَ " يَؤُمُّكُمْ أَقْرَؤُكُمْ " . وَكُنْتُ أَقْرَأَهُمْ لِمَا كُنْتُ أَحْفَظُ فَقَدَّمُونِي فَكُنْتُ أَؤُمُّهُمْ وَعَلَىَّ بُرْدَةٌ لِي صَغِيرَةٌ صَفْرَاءُ فَكُنْتُ إِذَا سَجَدْتُ تَكَشَّفَتْ عَنِّي فَقَالَتِ امْرَأَةٌ مِنَ النِّسَاءِ وَارُوا عَنَّا عَوْرَةَ قَارِئِكُمْ . فَاشْتَرَوْا لِي قَمِيصًا عُمَانِيًّا فَمَا فَرِحْتُ بِشَىْءٍ بَعْدَ الإِسْلاَمِ فَرَحِي بِهِ فَكُنْتُ أَؤُمُّهُمْ وَأَنَا ابْنُ سَبْعِ سِنِينَ أَوْ ثَمَانِ سِنِينَ .
Amr ibn Salama (roziyallohu anhu) aytdi: Bizlar (yoʻl boʻyidagi) bir manzilda yashar edik. Odamlar Paygʻambar ﷺning huzurlariga kelganlarida, yonimizdan oʻtib ketardi. Qaytishlarida ham yonimizdan oʻtib, bizga Rasululloh ﷺ ana-mana deganlari haqida xabar berishardi. Men yodlash (qobiliyati) kuchli bola edim, shu (xabarlardan) koʻp Qurʼon yodlab oldim. Soʻng otam qavmidan bir guruh kishilar bilan Rasululloh ﷺning huzurlariga elchi boʻlib bordi. (U zot) ularga namozni oʻrgatdilar-da: «Sizlarga ichingizda eng koʻp (Qurʼon) oʻqiy oladiganingiz imomlik qilsin», dedilar. Men yodlaganim sababli ulardan koʻra koʻproq (Qurʼon) oʻqiy olar edim, shuning uchun ular meni (imomlikka) oldinga oʻtkazishdi. Men ularga imomlik qilar edim, ustimda esa oʻzimning kichkina sariq jundam (ridom) bor edi. Sajda qilganimda u ochilib qolardi. Shunda ayollardan biri: «Qorimizning avratini bizdan toʻsib qoʻyinglar!» dedi. Soʻng ular menga ummoniy koʻylak sotib olishdi. Men Islomdan keyin hech narsadan unga xursand boʻlganchalik xursand boʻlmaganman. Men ularga yetti yoki sakkiz yoshli bola chogʻimda imomlik qilar edim.