حَدَّثَنَا مُسْلِمُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، حَدَّثَنَا أَبَانُ، عَنْ بُدَيْلٍ، حَدَّثَنِي أَبُو عَطِيَّةَ، مَوْلًى مِنَّا قَالَ كَانَ مَالِكُ بْنُ حُوَيْرِثٍ يَأْتِينَا إِلَى مُصَلاَّنَا هَذَا فَأُقِيمَتِ الصَّلاَةُ فَقُلْنَا لَهُ تَقَدَّمْ فَصَلِّهْ . فَقَالَ لَنَا قَدِّمُوا رَجُلاً مِنْكُمْ يُصَلِّي بِكُمْ وَسَأُحَدِّثُكُمْ لِمَ لاَ أُصَلِّي بِكُمْ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " مَنْ زَارَ قَوْمًا فَلاَ يَؤُمَّهُمْ وَلْيَؤُمَّهُمْ رَجُلٌ مِنْهُمْ " .
Abu Atiyya (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Molik ibn Huvayris bizning shu masjidimizga kelar edi. (Bir kuni) namozga iqomat aytildi. Biz unga: «Oldinga oʻting, namoz oʻqib bering», dedik. U bizga: «Oʻzlaringizdan bir kishini oldinga oʻtkazinglar, sizlarga namoz oʻqib bersin. Men esa nima uchun sizlarga namoz oʻqib bermayotganimni aytib beraman: men Rasululloh ﷺning ‹Kim bir qavmni ziyorat qilsa, ularga imomlik qilmasin, balki ularga oʻzlaridan boʻlgan bir kishi imomlik qilsin› deganlarini eshitganman», dedi.