حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم رَكِبَ فَرَسًا فَصُرِعَ عَنْهُ فَجُحِشَ شِقُّهُ الأَيْمَنُ فَصَلَّى صَلاَةً مِنَ الصَّلَوَاتِ وَهُوَ قَاعِدٌ وَصَلَّيْنَا وَرَاءَهُ قُعُودًا فَلَمَّا انْصَرَفَ قَالَ " إِنَّمَا جُعِلَ الإِمَامُ لِيُؤْتَمَّ بِهِ فَإِذَا صَلَّى قَائِمًا فَصَلُّوا قِيَامًا وَإِذَا رَكَعَ فَارْكَعُوا وَإِذَا رَفَعَ فَارْفَعُوا وَإِذَا قَالَ سَمِعَ اللَّهُ لِمَنْ حَمِدَهُ فَقُولُوا رَبَّنَا وَلَكَ الْحَمْدُ وَإِذَا صَلَّى جَالِسًا فَصَلُّوا جُلُوسًا أَجْمَعُونَ " .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ otga mindilar va undan yiqilib tushdilar, shunda u zotning oʻng yonboshlari shilindi. Bas, u zot namozlardan birini oʻtirgan holda oʻqidilar, biz ham u zotning orqalarida oʻtirgan holda namoz oʻqidik. Namozdan boʻshaganlarida dedilar: «Imom ergashish uchungina (tayinlab) qoʻyilgandir. Bas, qachon u tik turib namoz oʻqisa, sizlar ham tik turib oʻqinglar; ruku qilsa, ruku qilinglar; (rukudan) bosh koʻtarsa, sizlar ham bosh koʻtaringlar; ‹Samiʼallohu liman hamidah› desa, sizlar ‹Robbano va lakal hamd› denglar; oʻtirib namoz oʻqisa, sizlar ham hammangiz oʻtirib oʻqinglar».