حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، زَوْجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّهَا قَالَتْ صَلَّى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فِي بَيْتِهِ وَهُوَ جَالِسٌ فَصَلَّى وَرَاءَهُ قَوْمٌ قِيَامًا فَأَشَارَ إِلَيْهِمْ أَنِ اجْلِسُوا فَلَمَّا انْصَرَفَ قَالَ " إِنَّمَا جُعِلَ الإِمَامُ لِيُؤْتَمَّ بِهِ فَإِذَا رَكَعَ فَارْكَعُوا وَإِذَا رَفَعَ فَارْفَعُوا وَإِذَا صَلَّى جَالِسًا فَصَلُّوا جُلُوسًا " .
Nabiy ﷺning rafiqalari Oisha (roziyallohu anho) aytadilarki, Rasululloh ﷺ oʻz uylarida oʻtirgan holda namoz oʻqidilar, bir qancha odamlar esa u zotning orqalarida tik turib namoz oʻqishdi. Shunda u zot ularga oʻtiringlar, deb ishora qildilar. Namozdan boʻshaganlarida dedilar: «Imom ergashish uchungina (tayinlab) qoʻyilgandir. Bas, qachon u ruku qilsa, sizlar ham ruku qilinglar; (rukudan) bosh koʻtarsa, sizlar ham bosh koʻtaringlar; oʻtirib namoz oʻqisa, sizlar ham oʻtirib oʻqinglar».