حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ زَيْدِ بْنِ قُنْفُذٍ، عَنْ أُمِّهِ، أَنَّهَا سَأَلَتْ أُمَّ سَلَمَةَ مَاذَا تُصَلِّي فِيهِ الْمَرْأَةُ مِنَ الثِّيَابِ فَقَالَتْ تُصَلِّي فِي الْخِمَارِ وَالدِّرْعِ السَّابِغِ الَّذِي يُغَيِّبُ ظُهُورَ قَدَمَيْهَا .
Muhammad ibn Zayd ibn Qunfuz onasidan rivoyat qiladiki, u (onasi) Ummu Salama (roziyallohu anho)dan: «Ayol kishi qaysi kiyimlarda namoz oʻqiydi?» deb soʻradi. U: «Ayol kishi ximor (roʻmol) va oyoqlarining ustini (yuzasini) berkitadigan keng, uzun koʻylakda namoz oʻqiydi», dedi.