حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سَلَمَةَ، حَدَّثَنَا ابْنُ وَهْبٍ، عَنْ عَمْرِو بْنِ الْحَارِثِ، أَنَّ بُكَيْرًا، حَدَّثَهُ أَنَّ كُرَيْبًا مَوْلَى ابْنِ عَبَّاسٍ حَدَّثَهُ أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عَبَّاسٍ رَأَى عَبْدَ اللَّهِ بْنَ الْحَارِثِ يُصَلِّي وَرَأْسُهُ مَعْقُوصٌ مِنْ وَرَائِهِ فَقَامَ وَرَاءَهُ فَجَعَلَ يَحُلُّهُ وَأَقَرَّ لَهُ الآخَرُ فَلَمَّا انْصَرَفَ أَقْبَلَ إِلَى ابْنِ عَبَّاسٍ فَقَالَ مَا لَكَ وَرَأْسِي قَالَ إِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " إِنَّمَا مَثَلُ هَذَا مَثَلُ الَّذِي يُصَلِّي وَهُوَ مَكْتُوفٌ " .
Ibn Abbosning ozod qilingan quli Kurayb rivoyat qiladiki: Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo) Abdulloh ibn Horisni sochini orqasidan toʻplab bogʻlab olgan holda namoz oʻqiyotganini koʻrdi. U ortida turib sochni yechishga kirishdi, anavi (Abdulloh ibn Horis) esa qimirlamay turaverdi. Namozdan boʻshagach, u Ibn Abbosga yuzlanib: «Senga nima boʻldi, nega boshim bilan ovora boʻlding?» dedi. U: «Men Rasululloh ﷺning: ‹Bunday qilgan kishining holati xuddi qoʻli bogʻlangan holda namoz oʻqiyotgan kishining holatiga oʻxshaydi›, deganlarini eshitganman», dedi.